AsosiyJamiyat

Sibirga salkam 200 ming tonna qishloq xo`jaligi mahsulotlari eksport qilinishi mumkin

'Sibirga salkam 200 ming tonna qishloq xo`jaligi mahsulotlari eksport qilinishi mumkin'ning rasmi

O`zbekiston Sibirga 200 ming tonnaga yaqin qishloq xo`jaligi mahsulotlarini eksport qilishi mumkin. Bunda milliy mahsulotlarning to`g`ridan-to`g`ri eksportini amalga oshirish nazarda tutilgan. Bu haqda Zamon sayti xabar berdi

Unga ko`ra, dehqon va fermerlar tomonidan etishtirilgan qishloq xo`jaligi mahsulotlariga xorijiy kompaniyalarni jalb qilish bo`yicha hamkorlik o`rnatishga kelishilgan.

Xususan, Novosibirsk shahridagi “Rusagromarket”, “Aziya-Sibir” korxonalari, Krasnoyarsk shahridagi “Savdo logistika markazi” kompaniyalari bilan O`zbekiston mahsulotlarini to`g`ridan-to`g`ri olib kirish masalalari ko`rib chiqilgani aytilmoqda.

    Boshqa yangiliklar