O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 20 dekabrdagi PF-35-son Farmoni bilan O`zbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 31 yilligini munosib nishonlash maqsadida joriy yilning 1-4 sentyabr kunlari dam olish kuni deb belgilangan.
Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg`armasi tomonidan joriy yilning sentyabr oyi uchun pensiya va nafaqa to`lov qaydnomalarini avgust oyida shakllantiradi hamda bayram munosabati bilan pensiya va nafaqa to`lovlarini boshlash uchun etarli mablag`larni 2022 yil 1 sentyabrga qadar tijorat banklariga moliyalashtirib beradi. Bu haqda jamg`arma matbuot xizmati xabar bermoqda.
Ma`lum qilinishicha, pensiya va nafaqa to`lovlarini naqd pulsiz (bank karta) shaklda oluvchi fuqarolarning joriy yil sentyabr oyi uchun pensiya va nafaqalari 2022 yil 1 sentyabrga qadar ularning bank plastik kartalariga yuklab beriladi.
Pensiya va nafaqa to`lovlarini naqd shaklda oluvchi fuqarolarga joriy yilning 5 sentyabrdan boshlab tasdiqlangan grafiklar asosida to`lovlar boshlanadi.






