AsosiyDunyo

AQSh Tayvanga 1 milliard dollarlik qurol sotmoqchi

'AQSh Tayvanga 1 milliard dollarlik qurol sotmoqchi'ning rasmi

Bu bo`yicha Kongressga so`rov yuboriladi, deya yozmoqda Zamon.uz sayti.

Oq uy Kongressdan Tayvanga qurol sotishni so`ramoqchi. Uning umumiy qiymati 1.1 milliard dollarni tashkil etadi. 

Harbiy paket 60 dona kemaga qarshi raketa va "havo-havo" turidagi 100 ta raketani o`z ichiga oladi.

Politico gazetasi bu reja boshlang`ich nuqtada ekanini ma`lum qilgan. Qayd etilishicha, kemaga qarshi AGM-84L Harpoon Block II raketalari 355 million dollarga, AIM-9X Block II Sidewinder "havo-havo" tipidagi raketa 85,6 million dollarga, razvedka radarlari 655.4 million dollarga tushadi. Sidewinder raketalari Tayvan harbiy-havo kuchlarining F-16 samolyotlariga o`rgatiladi.

    Boshqa yangiliklar