O`zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ozarbayjon Respublikasining bir guruh fuqarolarini mukofotlash to`g`risida"gi Farmoni e`lon qilindi.
Unga ko`ra, Ozarbayjonning bir guruh fuqarolari taqdirlandi:
“O`zbekiston Respublikasi xalq artisti” faxriy unvoni bilan — Mammadova Gulyanaq Zakir qizi - R. Beybutov nomidagi Ozarbayjon davlat musiqa teatri vokalisti;
“Do`stlik” ordeni bilan:
➖ Mustafaev Shahin Majid o`g`li - Ozarbayjon Milliy fanlar akademiyasining akademik Z.M. Bunyadov nomidagi sharqshunoslik instituti bo`lim mudiri, akademik
➖ Askarov Ramiz Baxshali o`g`li - Boku davlat universiteti turkologiya kafedrasi mudiri, professor
➖ Binnatova Almas Qasim qizi - Ozarbayjon Milliy fanlar akademiyasining Nizomiy nomidagi Adabiyot instituti “Ozarbayjon – Turkmaniston – O`zbekiston adabiy aloqalari” bo`limi mudiri.






