AsosiyJamiyat

O`zbekiston Qozog`istondan asosan qaysi oziq-ovqat mahsulotlarini import qilgani ma`lum bo`ldi

'O`zbekiston Qozog`istondan asosan qaysi oziq-ovqat mahsulotlarini import qilgani ma`lum bo`ldi'ning rasmi

Davlat statistika qo`mitasi Qozog`istondan O`zbekistonga import qilingan ayrim turdagi oziq-ovqat mahsulotlariga oid ma`lumotlar bilan bo`lishdi.

Qayd etilishicha, 2022 yilning yanvar-iyul oylarida Qozog`istondan 1,5 million tonna bug`doy, 218,3 ming tonna bug`doy uni va 47,3 ming tonna arpa olib kelingan. Shuningdek, quyidagi oziq-ovqat mahsulotlari ham O`zbekistonga keltirilgan:

  • o`simlik yog`i – 45,9 ming tonna;
  • makkajo`xori – 33,6 ming tonna;
  • margarin mahsulotlari – 25,8 ming tonna;
  • kartoshka – 23,5 ming tonna;
  • qoramol go`shti – 9,1 ming tonna;
  • sut mahsulotlari – 3 ming tonna;
  • qandolat mahsulotlari – 1,6 ming tonna.

    Boshqa yangiliklar