AsosiySiyosat

Turkiya Vise-Prezidenti, AQSh va Ozarbayjon elchilari hamda… Shavkat Mirziyoev 12 nafar chet el fuqarosini «Do`stlik» ordeni bilan taqdirladi

'Turkiya Vise-Prezidenti, AQSh va Ozarbayjon elchilari hamda… Shavkat Mirziyoev 12 nafar chet el fuqarosini «Do`stlik» ordeni bilan taqdirladi'ning rasmi

“O`zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining o`ttiz bir yilligi munosabati bilan bir guruh chet el fuqarolarini mukofotlash to`g`risida“ O`zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni e`lon qilindi. 

Unga ko`ra, davlatlarimiz o`rtasidagi ko`p qirrali va o`zaro manfaatli hamkorlikni har tomonlama rivojlantirish, sheriklik munosabatlarini yanada chuqurlashtirish, siyosiy-diplomatik, savdo-iqtisodiy, investisiyaviy, ta`lim, ilm-fan va madaniy-gumanitar sohalardagi aloqalarni kengaytirishga qo`shayotgan katta hissasi, yurtimizda amalga oshirilayotgan izchil islohotlar va ulkan demokratik o`zgarishlarni, O`zbekiston tomonidan ilgari surilayotgan global va mintaqaviy tashabbuslarni faol qo`llab-quvvatlash, shuningdek, xalqlarimiz orasidagi do`stlik va hamjihatlik rishtalarini tobora mustahkamlash, uzoq muddatli va keng qamrovli munosabatlarni yangi bosqichga ko`tarish borasidagi samarali faoliyati uchun quyidagilar «Do`stlik» ordeni bilan mukofotlandi:

1. Fuat Oktay - Turkiya Respublikasi Vise-Prezidenti

2. Manturov Denis Valentinovich - Rossiya Federasiyasi Hukumati Raisi o`rinbosari – sanoat va savdo vaziri

3. Xolid Abdulaziz al-Falih - Saudiya Arabistoni Podshohligi Investisiyalar vaziri

4. Muhammad bin Abdulla al-Gargaviy - Birlashgan Arab Amirliklari Hukumat ishlari bo`yicha vaziri

5. Lyuk Devin - Evropa tashqi aloqalar xizmati Sharqiy Evropa va Markaziy Osiyo bo`yicha boshqaruvchi direktori o`rinbosari

6. Van Yanchji - Ipak Yo`li Jamg`armasi prezidenti – Direktorlar kengashi ijrochi direktori (Xitoy Xalq Respublikasi)

7. Deniel Rozenblyum - AQShning O`zbekiston Respublikasidagi Favqulodda va Muxtor Elchisi

8. Guliev Guseyn Rzagulu o`g`li - Ozarbayjon Respublikasining O`zbekiston Respublikasidagi Favqulodda va Muxtor Elchisi

9. Chernikova Alevtina Anatolevna - Rossiya Federasiyasining «MISiS» milliy texnologik tadqiqotlar universiteti rektori

10. Malshev Vladimir Sergeevich - Butunrossiya davlat kinematografiya instituti rektori

11. Tregulova Zelfira Ismailovna - Tretyakov Davlat galereyasi Bosh direktori (Rossiya Federasiyasi)

12. Ziyadullaev Nabi Saidkarimovich -Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti ilmiy maslahatchisi. 

    Boshqa yangiliklar