AsosiyJamiyat

Bugun O`zbekistonda harorat biroz ko`tariladi

'Bugun O`zbekistonda harorat biroz ko`tariladi'ning rasmi

O`zbekiston Gidrometeorologiya xizmati xabariga ko`ra, bugun kunduz kuni respublika bo`yicha quruq va kam bulutli ob-havo saqlanib turadi. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, sho`l hududlarida 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Kunduzi havo harorati 30-35° ni tashkil etadi.

Poytaxtimizda havo kam bulutli bo`ladi. Shamol 3-8 m/s tezlikda esadi. Maksimal harorat 33-35° bo`ladi.

Tog`li hududlarda yog`ingarchilik kutilmaydi, faqat Toshkent, Namangan va Farg`ona viloyatlarining tog`li hududlarida kunning ikkinchi yarmida ba`zi joylarda qisqa muddatli yomg`ir yog`ishi, momaqaldiroq bo`lishi mumkin. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, momaqaldiroq paytida 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Havo harorati 23-28° bo`ladi.

    Boshqa yangiliklar