Rossiyaning 4.5 ming fuqarosi Estoniyadagi ko`chmas mulkidan ayrildi. Bunga eston hukumatining turistik vizalarni berishni to`xtatib qo`ygan sabab bo`lgan, deya yozmoqda Zamon.uz' sayti.
Qayd etilishicha, Estoniyada rossiyaliklarga tegishli umumiy hisobda 41 mingdan ortiq ko`chmas mulk ob`ektlari bor. Bundan tashqari, 919 nafar Belarus fuqarolari ham viza bilan bog`liq muammo tufayli mol-mulkidan ayrilishi mumkin.
Estoniya IIV vise-kansleri Veyko Kommusaar rossiyaliklarga qarashli katta miqdordagi mulklar davlat milliy xavfsizligiga tahdid ekanini ta`kidlagan. Bundan tashqari, u EIga kirmaydigan davlatlar fuqarolariga mamlakat hududida ko`chmas mulk sotib olishini cheklashni taklif qilgan.






