28 avgust kuni Toshkent – London yo`nalishidagi HY-201 aviaqatnovida yo`lovchilar yuklari o`z manziliga etkazilmadi.
“Uzbekistan Airways” AJ Axborot xizmati bu bo`yicha ma`lumot berdi.
Qayd etilishicha, bunga Airbus 320neo havo kemasining cheklangan tijorat yuklanishi sabab bo`lgan.
"Bortga yuklanmagan yuklarning umumiy soni 119 o`rinni tashkil etadi, bu esa 2210 kg miqdorida bo`lganligini anglatadi. Ayni paytda HY-201 reysi yo`lovchilarining yuklari Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida joylashgan bo`lib, 30 avgust kuni HY-201 reysi bilan Londonga etkaziladi. Shuni ta`kidlash kerakki, yuk barcha yo`lovchilarga etkazib berish xizmati tomonidan ko`rsatilgan manzilga bepul etkazib beriladi. Keltirilgan noqulayliklar uchun uzr so`raymiz",-deyiladi xabarda.
Eslatib o`tamiz, qo`shimcha ma`lumot olish uchun HY-201 aviaqatnovi yo`lovchilaridan aviakompaniyaning Londondagi vakolatxonasi 02070342090 raqami yoki elektron manzillari Lon@uzairways.com va London@uzairways.co.uk manzili orqali murojaat qilishlari so`raymiz.






