AsosiySiyosat

Mirziyoev Germaniya prezidenti bilan qo`ng`iroqlashdi

'Mirziyoev Germaniya prezidenti bilan qo`ng`iroqlashdi'ning rasmi

Ikki mamlakat rahbarlarining muloqoti biroz avval bo`lib o`tdi. Bu haqda O`zbekiston prezidenti matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, suhbatda ko`p qirrali O`zbekiston-Germaniya hamkorligini yanada rivojlantirish hamda mintaqaviy sheriklikning dolzarb masalalari ko`rib chiqildi.

"Suhbat avvalida Germaniya Prezidenti davlatimiz rahbari va ko`p millatli xalqimizni mamlakatimiz mustaqilligining 31 yilligi bilan samimiy qutladi. Keyingi yillarda amalga oshirilayotgan islohotlar dasturining natijalari alohida qayd etildi, Yangi O`zbekistonda amalga oshirilayotgan demokratik va iqtisodiy yangilanishlar qo`llab-quvvatlandi",-deyiladi xabarda.

O`zbekiston va Germaniya Prezidentlari amaliy hamkorlikning kengayishi, shuningdek, uzoq muddatli sheriklikni rivojlantirishga qaratilgan qo`shma dastur va loyihalarning ilgari surilishini qo`llab-quvvatlashgan.

Mintaqaviy hamkorlik, shu jumladan Evropa Ittifoqi doirasidagi konstruktiv muloqotni rivojlantirish masalalariga alohida e`tibor qaratildi. Afg`onistonda uzoq muddatli tinchlikni ta`minlash va uning ijtimoiy-iqtisodiy tiklanishiga ko`maklashish maqsadida faol hamkorlikni davom ettirish muhim ekani ta`kidlangan.

Mamlakatlar etakchilarining telefon orqali muloqoti har doimgidek do`stona ruhda o`tgani aytiladi.

    Boshqa yangiliklar