Germaniya yaqin haftalar ichida Ukrainaga “o`ta zamonaviy” qurollarni etkazib beradi. Bu haqda Zamon.uz sayti Germaniya kansleri Olaf Sholsga tayanib ma`lum qildi.
Navbatdagi harbiy yordam paketi havo hujumiga qarshi mudofaa tizimlarini ham o`z ichiga oladi. Bundan tashqari, Germaniya Ukraina artilleriyasini hamda havo mudofaasini kuchaytirish bo`yicha alohida majburiyat olgani ta`kidlangan.
Shols Kievga bundan buyon ham yordam berishni davom ettirishga va`da bergan.
Bundan oldin Germaniya TIV rahbari Annalena Berbok ham Berlin Ukrainani barcha mavjud harbiy va moliyaviy vositalar bilan qo`llab-quvvatlashini aytgandi.






