1999 yil 13 sentyabrda tug`ilgan Otaboev Boburbek Olimjon o`g`li 2022 yilning 21 aprel kuni Toshkent shahar Mirobod tumanida joylashgan “Topchan” nomli mehmonxonadan noma`lum tomonga chiqib ketib, bedarak yo`qolgan.
Mirobod tuman bo`yicha IIO FMB JQB ushbu fuqaroni izlab topishda fuqarolardan amaliy yordam berishni so`ramoqda.
Asli Qashqadaryo viloyati Qarshi shahri, Qarliqxona MFY, Labixovuz ko`chasi, 14-uyda istiqomat qiluvchi B.O.Otaboev 2021 yil oktyabr oyida ishlash maqsadida Toshkent shahriga kelgan. Bu erda u “Kapella” nomli firmaga agent sifatida ishga joylashib, Yunusobod tumani, Iftixor ko`chasi 82-uyda joylashgan mehmonxonada yashab, ishlab kelgan.
Surishtiruvlarga ko`ra, B.Otaboev har oyda bir marotaba yashash uyiga oila a`zolaridan xabar olgani borgan. Telefon orqali ota-onasi bilan har kuni gaplashib turgan. Oxirgi marotaba 2022 yil 29 mart kuni Qashqadaryo viloyatiga borib, 30 mart kuni u erdan qaytib kelgan. Telefon orqali oxirgi marotaba 2022 yilning 19 aprel kuni onasi bilan gaplashib, shundan so`ng telefon raqamini o`chirib qo`ygan.
Holat yuzasidan olib borilgan qo`shimcha surishtiruv B.Otaboev oxirgi marotaba joriy yilning 19 aprel kuni ishxonasiga borganligi, o`sha kuni u hech kimga indamay, sabablarsiz ishxonasi va o`zi yashaydigan mehmonxonadan ham o`sha kuni chiqib ketadi. 20 aprel kuni Mirobod tumani 8-mart ko`chasida joylashgan “Topchan” nomli mehmonxonaga soat 14:05 da joylashib, 21 aprel kuni soat 07:26 da noma`lum tomonga chiqib ketib qaytib kelmaganligi ma`lum bo`lgan.
Alohida belgilari: bo`yi – 170-175sm, gavda tuzilishi ozg`in, sochi kalta qora rangda, ko`zlari jigarrang, jag`ining pastki qismida chandig`i bor, o`ng tomon labining pastida xoli bor. O`sha kuni egnida mavsumiy kiyimda bo`lgan.






