Ushbu ko`rsatkich bo`yicha Buxoro viloyatining Qorako`l tumani eng yuqori natijani qayd etdi. Tumandagi 4 ming 734 nafar abiturient yoshlarning 30,3 foizi, ya`ni 1 ming 435 nafari talaba bo`lish baxtiga muyassar bo`ldi. Darhaqiqat, Qorako`l tumanidagi ta`lim sifati ancha yuqoriligi hech kimga sir emas. O`zbekiston Xalq o`qituvchisi rahmatli To`xtamurod Jumaev asos solgan «Qorako`l maktabi» va ta`lim berish metodologiyasi butun O`zbekistonga, hattoki boshqa davlatlarga ham mashhur desak, mubolag`a bo`lmaydi.
Masalan, joriy yilda Qorako`l xalqaro matematika maktabini bitirgan 74 nafar o`quvchining barchasi 100% talaba bo`lgan bo`lsa, Qorako`l akademik liseyining 220 nafar bitiruvchilaridan 217 nafari (98,6%) talaba bo`lgan.
E`tiborli tomoni, talab bo`lish foizi bo`yicha 2 va 3-o`rinlarni ham Buxoro tumanlari egallagan. Olot tumani abiturient yoshlarining 29,9 foizi, G`ijduvon abiturientlarining 29,1 foizi talaba bo`lishgan.
TOP-20 reytingga qaraydigan bo`lsak, Buxoroning 7 ta, Farg`onaning 6 ta tumani eng yaxshi ko`rsatkichga ega bo`lgan.
Quyida abiturientlari talaba bo`lish foizi bo`yicha TOP-20 reyting bilan tanishishingiz mumkin:
1. Qorako`l — 30,3%
2. Olot — 29,9%
3. G`ijduvon — 29,1%
4. Qiziltepa — 28,5%
5. Shofirkon — 28,2%
6. Bog`dod — 28,1%
7. Buvayda — 28%
8. Peshku — 27,9%
9. Kegeyli — 27,8%
10. Vobkent — 27,4%
11. Nukus — 27,3%
12. Qanliko`l — 27,2%
13. Navoiy sh. — 26,4%
14. Mirzo Ulug`bek — 26,3%
15. Dang`ara — 26%
16. Buxoro sh. — 25,9%
17. Rishton — 25,8%
18. Konimex — 25,6%
19. Yozyavon — 25,5%
20. O`zbekiston t. — 25,2%
29.08.2022 04:24
Abiturientlari talaba bo`lish foizi bo`yicha Qorako`l tumani mamlakatda etakchi bo`ldi






