AsosiyJamiyat

​To`lov-shartnomalarni olish to`liq raqamlashtirildi

'​To`lov-shartnomalarni olish to`liq raqamlashtirildi'ning rasmi

Ma`lumki, Oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi tizimida barcha jarayonlar raqamlashtirilib, abiturientlar va talabalarga qulay sharoitlar yaratilmoqda.

Endilikda, birinchi bosqichga tavsiya etilgan talabalar ham yangi o`quv yilining birinchi kunidan boshlab to`lov-shartnomalarni elektron shaklda, ortiqcha ovvoragarchiliklarsiz onlayn olishlari mumkin.

Buning uchun vazirlikning kontrakt.edu.uz platformasidan foydalangan holda shartnomani osongina yuklab olish talab etiladi.

Shuningdek, belgilangan o`tish balini to`play olmagan, ammo tabaqalashtirilgan to`lov-shartnoma asosida o`qish istagini bildirgan talabgorlar uchun ham kontrakt.edu.uz platformasi orqali onlayn ariza berish va shartnomani onlayn rasmiylashtirishga yangi o`quv yilining birinchi kunidan boshlab imkoniyat beriladi.

Platforma orqali ariza berish hamda shartnomani rasmiylashtirish jarayonlarini masofaviy amalga oshirish tartibi va muddatlari bo`yicha batafsil ma`lumot beriladi.

2022-yil 5-sentyabrdan boshlab barcha bosqich talabalari (bakalavr, magistr, superkontrakt) to`lov-shartnomani onlayn yuklab, to`lovni amalga oshirishlari mumkin.

    Boshqa yangiliklar