Hodisa bugun, 28 avgust kuni soat 13:40 larda yuz bergan.
Haydovchi J.R. boshqaruvidagi "Lacetti" rusumli avtomashinasida 4R-79 "Qarshi-Shahrisabz" yo`lining Qamashi tumani Qo`shkapa mahallasidan o`tgan 43 km.da Shahrisabz shahri tomon harakatlanib kelayotgan haydovchi P.J. boshqaruvidagi "Gentra" rusumli avtomashina qatnov qismiga chiqib ketishi natijasida bir-biriga urilib, yo`l-transport hodisasi sodir etgan.
Natijada, "Lacetti" rusumli avtomashinasi yonib ketishi natijasida avtomashina haydovchisi J.R. hodisa joyida vafot etgan.
"Mazkur holat yuzasidan Qamashi tumani IIB huzuridagi tergov guruhi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda",-deyiladi viloyat IIB xabarida.






