AsosiyDunyo

Xitoydagi to`yda 3 kishi chaqmoq urishi oqibatida vafot etdi (video)

'Xitoydagi to`yda 3 kishi chaqmoq urishi oqibatida vafot etdi (video)'ning rasmi

Shu bilan birga mamlakatning narigi chekkasida to`y kunini nishonlayotgan kuyov ham fotosessiya chog`ida halok bo`lgan.

Xitoyning Anxoy provinsiyasida yashin to`g`ridan-to`g`ri koronavirusga tekshirilgani kelgan olomonga tushdi. Ma`lumotlarga ko`ra, ikki kishi voqea joyida vafot etgan.

Chaqmoq urgan lahza videoga tushib qolgan.

OAVning xabar berishicha, yana bir kishi kasalxonada og`ir ahvolda, jami 4 nafar jabrlanuvchi chaqmoq urishi oqibatida jarohatlangan.

Shu bilan birga, mamlakatning narigi chekkasida to`y kunini nishonlayotgan kuyov ham fotosessiya chog`ida chaqmoq urishidan vafot etgan. Bu Liszyan shahri hududida joylashgan mashhur sayyohlik hududida sodir bo`lgani aytiladi.

    Boshqa yangiliklar