O`q-dorilar dengiz orqali yuboriladi.
Pentagon Ukrainaga dengiz orqali harbiy qurol va o`q-dorilar etkazib berish hajmini oshirmoqda. Bu haqda “The Washington Post” nashriga tayanib Zamon.uz' xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, Rossiya Ukrainada harbiy operasiya boshlaganida Qo`shma Shtatlar qurollarni havo yo`llari orqali etkazib bergan. Keyinchalik bahorda artilleriya va og`ir qurollarni dengiz yo`lidan jo`natishni boshladi. Chunki bu tarzda o`q-dorilar yuborish osonroq.
"Rasmiylar qurol etkazib beriluvchi aniq yo`nalishlarni ochiqlamagan. O`q-dorilarning bir qismi Ukrainaga, ikkinchi qismi esa AQShning Evropa mamlakatlaridagi zaxiralarini to`ldirish uchun yuboriladi",-deyiladi xabarda.
Ayni paytgacha Pentagon Ukrainaga 1,4 mingdan Stringer zenit-raketalari, 8,5 mingta Javelin tankka qarshi vositalar va 700 ta Switchblade usuvchisiz apparatlarini etkazib bergan.






