AsosiyJamiyat

Farg`onada mast erkak IIb xodimlari tomonidan urib o`ldirilganligi haqidagi xabarlarga oydinlik kiritildi

'Farg`onada  mast erkak IIb xodimlari tomonidan urib o`ldirilganligi haqidagi xabarlarga oydinlik kiritildi'ning rasmi

Ijtimoiy tarmoqlarda Quvasoy shahar Lashkar qishlog`idagi bir fuqaro IIB uchastka inspektori tomonidan urib jarohat etkazganligi oqibati halok bo`lgani haqida xabar tarqalgan edi. 

Holat yuzasidan Farg`ona viloyat prokuraturasi rasmiy bayonot e`lon qildi.

Qayd etilishicha, 27 avgust kuni soat 19:00 larda Quvasoy shahar “Yuqori Mo`yan” MFY hududida 1962 yilda tug`ilgan fuqaro X. T. jamoat tartibini buzuvchi harakatlar sodir etgan. Shundan so`ng Quvasoy shahar IIB xodimlari tomonidan mastlik holatini tekshirish maqsadida shahar tibbiyot birlashmasiga olib ketilayotgan vaqtda uni sog`lig`i yomonlashib, ko`rsatilgan tibbiy yordamga qaramasdan vafot etgan. 

Sudga oid tibbiy ekspertizaning dastlabki ma`lumotiga ko`ra, X. T.ning o`limiga “Yurakning ishemik kasalligi, yurak toj kon tomirlarini o`tkir etishmovchiligi, o`ng tomonlama pnevmoniya, surunkali plevrit, oshqozonosti beziga qon quyilishi, alkogoldan zaharlanish” tashxisi qo`yilgan. 

Hozirda mazkur holat yuzasidan Quvasoy shahar prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv olib borilmoqda.  Tekshiruv jarayoni viloyat prokuraturasi tomonidan nazoratga olingan.

    Boshqa yangiliklar