Qozog`iston 2023 yil avgust oyi oxirigacha harbiy qurol-aslahalar ekspotini to`xtatadi. Bu haqda respublika hukumati matbuot xizmati xabar beradi, deb yozadi Zamon sayti.
Mazkur qaror Bosh vazir Alixon Ismoilov raisligida o`tgan Mudofaa sanoati masalalari bo`yicha komissiya yig`ilishida qabul qilingan.
“Ishtirokchilar Sanoat va infratuzilmani rivojlantirish vazirligining 2023 yil avgust oyi oxirigacha qurol-yarog` va harbiy texnikalar eksportini to`xtatish to`g`risidagi taklifini ko`rib chiqdilar. Bu taklif komissiya a`zolari tomonidan qo`llab-quvvatlandi”, — deyiladi Vazirlar Mahkamasi bayonotida.






