O`zbekiston 2022 yilning yanvar-iyul oylarida 550 million dollarlik meva va sabzavotlar eksport qildi. Bu haqda Davlat statistika qo`mitasi matbuot xizmati xabar berdi.
O`zbekiston 2022 yilning 7 oyida eng ko`p meva va sabzavot mahsulotlarini Qozog`istonga eksport qilgan — 447,3 ming tonna. Undan keyin Rossiya (253,5 ming tonna) va Qirg`izistonga (93,3 ming tonna) eksport amalga oshirilgan. Shuningdek, quyidagi davlatlarga ham meva-sabzavotlar eksport qilingan:
- Xitoy – 56 ming tonna;
- Afg`oniston – 23,2 ming tonna;
- Belarus – 16,6 ming tonna;
- Tojikiston – 12,4 ming tonna;
- Pokiston – 8,9 ming tonna;
- Eron – 8,2 ming tonna;
- Turkiya – 8 ming tonna;
- Ukraina – 5,3 ming tonna;
- Gruziya – 5,2 ming tonna;
- Ozarbayjon – 4,3 ming tonna;
- BAA – 3,3 ming tonna;
- Germaniya – 1,7 ming tonna.






