AsosiyJamiyat

Zangiotada 2 nafar fuqaroning 1 200 AQSh dollarini qo`lga kiritmoqchi bo`lgan firibgar ushlandi

'Zangiotada 2 nafar fuqaroning 1 200 AQSh dollarini qo`lga kiritmoqchi bo`lgan firibgar ushlandi'ning rasmi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Zangiota tuman bo`limi tomonidan IIV xodimlari bilan hamkorlikda o`tkazilgan tezkor tadbirda, muqaddam o`g`irlik va boshqa jinoyatlari uchun sudlangan N.N. fuqarolar D. va I.ning ishonchiga kirib, ularga go`yoki tanishlari yordamida “Qo`yliq dehqon bozori” atrofida salqin ichimliklar savdosi bilan ruxsatnomasiz faoliyat yuritishlariga sharoit yaratib berish evaziga jami 1 200 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov haraeatlari o`tkazilmoqda.

    Boshqa yangiliklar