AsosiyJamiyat

Ijtimoiy tarmoqda qurollarni reklama qilayotgan yigit bo`yicha ma`lumot berildi

'Ijtimoiy tarmoqda qurollarni reklama qilayotgan yigit bo`yicha ma`lumot berildi'ning rasmi

Ijtimoiy tarmoqlarda bir fuqaro qurolni reklama qilayotganligi aks etgan video tarqaldi. Mazkur video Toshkent shahar IIBB tomonidan o`rganilib, quyidagilar aniqlandi.

2003 yilda tug`ilgan X.X. joriy yilning 18 avgust kuni Uchtepa tumanidagi “O`rikzor” buyum bozoridan plastmassadan ishlangan o`q otuvchi o`yinchoq to`pponchalarni har birini 110.000 so`mdan sotib olgan. So`ng X.X. ushbu o`yinchoq to`pponchalarni INSTAGRAM ijtimoiy tarmog`ida namoyish etish orqali reklama qilib har birini 300.000 so`mdan sotganligini ma`lum qilgan.

Hozirda mazkur holat yuzasidan Uchtepa tumani IIO FMB tomonidan tekshiruv o`tkazilmoqda.

 

    Boshqa yangiliklar