AsosiyJamiyat

O`zbek–afg`on chegarasida 2 oy ichida savdo hududi tashkil qilinadi

'O`zbek–afg`on chegarasida 2 oy ichida savdo hududi tashkil qilinadi'ning rasmi

Afg`onistonning Balx va O`zbekistonning Surxondaryo viloyatidagi chegara hududida ikki oy ichida savdo hududi tashkil etiladi. Bu haqda  Afg`oniston axborot agentligi xabar berdi.

Ta`kidlanishicha, 120 gektar er o`zlashtiriladi va uning qiymati 75 million dollarni tashkil qiladi. Ikki mamlakat o`rtasida iqtisodiy aloqalarni kengaytirish va afg`on ishbilarmonlarini qo`llab-quvvatlash maqsadida 2021 yili qo`shma savdo hududini tashkil etish rejasi imzolangan. Shu jumladan, savdo zonasi afg`on biznes egalariga vizasiz aloqa o`rnatish va savdo qilish imkonini beradi. Afg`oniston mahsulotlari ham o`zbekistonlik savdogarlarga taqdim etiladi.

Bu borada O`zbekiston rasmiylari shunday deyishgan: "Prezidentimiz rahbarligi va Afg`oniston hukumati bilan hamkorlikda iqtisodiy aloqalarni kengaytirish maqsadida ikki davlat chegarasida qo`shma savdo hududini tashkil etishga harakat qilmoqdamiz, Shuningdek, ikki davlat o`rtasidagi import va eksport hajmini oshirish hamda Afg`onistonning mahalliy mahsulotlarini xorijga olib kirishni ta`minlash rejamiz bor".

Balx viloyatidagi bir qator ishbilarmonlar ushbu zonaning tashkil etilishini mamlakat iqtisodiyoti uchun umid oynasi deb biladi.

"Ushbu bozorning tashkil etilishi har ikki davlat uchun ham foydali, u ikki davlat ishbilarmonlari biznesini rivojlantirishda davom etadi va bu hududning tashkil etilishi bilan ikki qo`shni davlat o`rtasidagi munosabatlar yaxshilanadi", – deydi Mivand Ziyai. investor.

"Qo`shma savdo hududi tashkil etilayotganidan juda xursandman va bu qo`shni davlatlar o`rtasidagi yaxshi munosabatlardan dalolat beradi va biz bu aloqalarni rivojlantirishga harakat qilmoqdamiz, chunki bu zonaning yaratilishi ikki davlat milliy biznesi uchun foydalidir",–deydi yana bir investor.

Balxlik rasmiylar ham qo`shma savdo hududining tashkil etilishi ikki davlat o`rtasidagi savdo-sotiqni rivojlantirishga olib kelishini aytishmoqda.

"Afg`oniston va O`zbekiston chegarasi o`rtasida qo`shma savdo hududi tashkil etiladi va bu qo`shma hudud madaniyat, ijtimoiy aloqa va iqtisodiy sohaga yaxshi ta`sir ko`rsatad", – deydi Balx axborot va madaniyat bo`limi rahbari Zabihulloh Nuron.

    Boshqa yangiliklar