Rossiya Ukraina bilan uzoq muddatli nizoga tayyorlanmoqda. Shuningdek, har ikki tomonning muzokaralarga tayyor emasligi qayd etilgan. Bu haqda Zamon.uz xabar bermoqda.
25 avgust kuni Rossiya prezidenti Vladimir Putin RF qurolli kuchlari shaxsiy tarkibi sonini oshirish to`g`risida qaror imzoladi. The New York Times bilan suhbatlashgan tahlilchilar buni Moskvaning Ukrainada uzoq muddatli nizoga tayyorgarlik ko`rayotgani bilan izohlagan.
Ekspertlar qurolli mojaro keyingi qishgacha cho`zilishidan xavotir bildirgan. Bunga Rossiyaning Ukraina sharqi va janubidagi hujumi sekinlashgani, shuningdek, har ikki tomonning muzokara va kelishuvlarga tayyor emasligi sabab qilib ko`rsatilgan.
AQSh urushni o`rganish instituti (ISW) Rossiya prezidenti mamlakatda umumiy harbiy safarbarlik joriy etishdan qochayotganini ta`kidlagan. Shu bilan birga shaxsiy tarkibning oshirilishi ham qurolli kuchlarning to`liq shakllanishiga yordam bermasligi qayd etilgan.
Avvalroq Erdog`an Putin va Zelenskiyni uchrashtirish niyatida ekanini aytgandi.






