AsosiyDunyo

Makedoniya favqulodda holat e`lon qilindi

'Makedoniya favqulodda holat e`lon qilindi'ning rasmi

Shimoliy Makedoniya hukumati kuchayib borayotgan energetika inqirozi tufayli mamlakatda elektr ta`minoti sohasida favqulodda holat e`lon qilishga qaror qildi. Bu haqda Telma telekanali xabar bermoqda.

Energiya taqchilligi fonida respublika poytaxti – Skopeda issiqlik ta`minoti sohasida ham favqulodda holat e`lon qilindi.

Favqulodda holat 1 sentyabrdan kuchga kiradi va 30 kun davom etadi.

Bundan tashqari, mamlakatda energiyani tejash bo`yicha turli chora-tadbirlar ko`riladi, jumladan, jamoat binolari fasadidagi dekorativ yoritishni o`chirish va madaniy yodgorliklarni yoritish, energiya tejovchi lampochkalardan foydalanish bo`yicha tavsiyalar va boshqalar.

    Boshqa yangiliklar