AsosiyJamiyat

"O`zgidromet" dam olish kunlari kuzatiladigan ob-havo ma`lumotlarini e`lon qildi

'"O`zgidromet" dam olish kunlari kuzatiladigan ob-havo ma`lumotlarini e`lon qildi'ning rasmi

Ma`lum qilinishicha, 26 avgust kuni O`zbekiston bo`yicha quruq ob-havo saqlanib turadi, faqat Namangan va Farg`ona viloyatlarining tog` oldi va tog`li hududlarida ba`zi joylarda qisqa muddatli yomg`ir yog`ishi, momaqaldiroq bo`lishi mumkin.

Momaqaldiroq paytida shamol 15-20 metr/sekundgacha kuchayadi. Harorat foni ushbu kunning me`yoriy qiymatlariga yaqin bo`ladi va 32-35 darajani tashkil etadi.

Dam olish kunlari quruq va biroz issiq ob-havo saqlanib turadi. Havo harorati kechalari 14-17 daraja, kunduz kunlari 33-35 darajani tashkil etadi.

    Boshqa yangiliklar