AsosiyJamiyat

15 sentyabrdan boshlab Qoraqalpog`iston uchun pensiya va nafaqa oluvchilar, nogironligi bo`lgan shaxslarga temir yo`l va avia chiptalar sotib olish uchun 50 foizlik imtiyozni tiklash

'15 sentyabrdan boshlab Qoraqalpog`iston uchun pensiya va nafaqa oluvchilar, nogironligi bo`lgan shaxslarga temir yo`l va avia chiptalar sotib olish uchun 50 foizlik imtiyozni tiklash'ning rasmi

Prezident Qoraqalpog`iston Respublikasi Jo`qorgi Kengesining navbatdan tashqari 34-sessiyasida ishtiroki davom etmoqda. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar bermoqda.

Qoraqalpog`istonda aholini ijtimoiy himoya qilish tizimini rivojlantirish yo`nalishida:

- Ijtimoiy himoya reestriga kirgan oilalarga ko`mir, suyultirilgan gaz, oziq-ovqat va boshqa zarur ehtiyojlar uchun 600 ming so`mdan bir martalik moddiy yordam ajratish;

- 15 sentyabrdan boshlab Qoraqalpog`iston uchun pensiya va nafaqa oluvchilar, nogironligi bo`lgan shaxslarga temir yo`l va avia chiptalar sotib olish uchun 50 foizlik imtiyozni tiklash;

- 2025 yilgacha qo`shilgan qiymat solig`i bo`yicha rejadan oshirib bajarilgan tushumlar Qoraqalpog`iston byudjetida qoldirish;

- bog`cha, maktab va tibbiyot muassasalari qurilishiga kelgusi besh yilda qo`shimcha 5 trillion so`m ajratish bo`yicha topshiriqlar berildi.

Bundan tashqari, Qoraqalpog`istonda aholi uchun yakka tartibdagi uy-joy qurish maqsadida er uchastkasi taqdim etish bo`yicha takliflar ishlab chiqish vazifasi qo`yildi.

"To`g`ri, bu amaliyotga chek qo`yganmiz, va boshqa hududlarda bunday imkoniyat yo`q. Lekin, Qoraqalpog`iston aholisi murojaatlarini inobatga olib, istisno qilib berishga tayyorman. 

Faqat puxta ishlangan, adolatli va shaffof tizim asosida bo`lishi kerak", dedi Prezident.

 

    Boshqa yangiliklar