Prezidentimiz nomzodning taqdimotidagi takliflarni qo`llab-quvvatlab, ular yuzasidan mutasaddi vazirlik va idoralar rahbarlariga Qoraqalpog`istonda qo`shimcha imtiyoz va engilliklar berish bo`yicha aniq topshiriqlar berdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar bermoqda.
Jumladan, Qoraqalpog`istonda tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida:
- hudud uchun foyda solig`i stavkasini 15 foizdan 7,5 foizga tushirish;
- aylanma soliq stavkasini Nukus shahrida 4 foizdan 2 foizga, tumanlarda 2 foizdan 1 foizga, olis hududlarda esa 1 foizdan 0,5 foizga pasaytirish;
- mol-mulk va er solig`i stavkalarini 2 baravarga kamaytirish bo`yicha qaror loyihasini kiritish topshirildi.
Bundan tashqari, joriy yilda oilaviy tadbirkorlik dasturlari uchun rejadagi 650 milliard so`mga qo`shimcha ravishda 200 milliard so`m ajratiladi.
26.08.2022 07:57
Qoraqalpog`istonda tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida hudud uchun foyda solig`i stavkasini 15 foizdan 7,5 foizga tushiriladi






