AsosiyJamiyat

Bu erdagi ayrim adolatsiz, nopok rahbarlar “xalqni rozi qilish” degan ezgu tushunchani hali anglab etmagan — Prezident

'Bu erdagi ayrim adolatsiz, nopok rahbarlar “xalqni rozi qilish” degan ezgu tushunchani hali anglab etmagan — Prezident'ning rasmi

Xabar berganimizdek, Prezident Qoraqalpog`iston Respublikasi Jo`qorgi Kengesining navbatdan tashqari 34-sessiyasida ishtirok etmoqda.

Davlatimiz rahbari shuncha sa`y-harakatlarga, Qoraqalpog`istonga ajratilayotgan katta-katta mablag`larga qaramay, aholi kayfiyatiga salbiy ta`sir qilayotgan muammolar saqlanib qolayotganini qayd etdi.

"Chunki bu erdagi ayrim adolatsiz, nopok rahbarlar “xalqni rozi qilish” degan ezgu tushunchani hali anglab etmagan", dedi Prezident.

Bugungi kunda ham aholi o`rtasida ichimlik suvi, ichki yo`llar, elektr ta`minoti, ishsizlik, narx-navo kabi muammolar yuzasidan bildirilayotgan shikoyatlar yuqoriligicha qolmoqda.

Aslida, 2 oy oldingi voqealar negizida ham aholining ayrim ijtimoiy-iqtisodiy muammolarga echim topmasdan yotgani ko`rsatib o`tildi.

"Afsuski, ayrim rahbarlar xalqimizga xalol xizmat qilish o`rniga farovonligini ta`minlashga yo`naltirilgan mablag`larni samarasiz sarflash, yaratib berilgan imkoniyatlarni ishga solmaslik, el-yurt uchun jonini berib ishlamaslik holatlariga yo`l qo`yib kelmoqda", dedi Prezident.

    Boshqa yangiliklar