AsosiyDunyo

Maymun chechagiga chalinish holatlari 21 foizga kamaydi — JSST

'Maymun chechagiga chalinish holatlari 21 foizga kamaydi — JSST'ning rasmi

Jahon sog`liqni saqlash tashkilotining so`nggi hisobotiga ko`ra, o`tgan haftada dunyo bo`yicha maymun chechagini yuqtirganlar safiga yana 5907 nafar bemor qo`shildi. Bu haqda mamlakatimiz SSV Matbuot xizmati xabar berdi.

Oqibatda aprel oyidan shu kungacha mazkur xavfli infeksiya aniqlangan mamlakatlar soni 98 taga etdi. Kasallikdan aziyat chekayotgan bemorlar soni esa 45 ming nafardan oshdi.

Xususan, yangi epidemiya o`tgan haftada Eron va Indoneziya davlatlariga ham kirib borgan. Shunga qaramay, 15-21 avgust sanalarida maymun chechagi bilan xastalanish holatlari undan avvalgi haftaga nisbatan 21 foizga kamaydi. 

Tahlillarga ko`ra, infeksiyani yuqtirganlarning 98 foizdan ortig`i erkaklar bo`lib, ularning o`rtacha yoshi 36 ga teng. Jami bemorlarning 60 foizi AQShda, 38 foizi Evropa mamlakatlarida ro`yxatga olingan.

Haftalik o`sish dinamikasi asosan Afrika davlatlari, xususan, Nigeriya va Kongo aholisi hissasiga to`g`ri kelmoqda. 15-21 avgust kunlari mazkur qit`ada 219 nafar bemor kasallikka chalingani ma`lum bo`ldi. Bu 8-14 avgust sanalariga qiyoslaganda 54 foiz yuqori ko`rsatkichdir. 
Shundan kelib chiqib, JSST birinchi navbatda xavf guruhiga mansub aholi qatlami hamda tibbiyot xodimlari chechakka qarshi emlanishi zarur, degan xulosada. 


​​​​​

    Boshqa yangiliklar