AsosiyJinoyat

Qarshidagi ko`p qavatli turar-joy binolari atrofini obodonlashtirishda 573,2 mln so`m talon-toroj qilindi

'Qarshidagi ko`p qavatli turar-joy binolari atrofini obodonlashtirishda 573,2 mln so`m talon-toroj qilindi'ning rasmi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Qarshi shahar bo`limi tomonidan  tergovga qadar tekshiruv o`tkazildi.

Unda, “A.B.” MChJ tomonidan  Qarshi shahar Obodonlashtirish boshqarmasi bilan tuzilgan pudrat shartnomasiga asosan “Navo” MFY hududidagi ko`p qavatli turar-joy binolari atrofini obodonlashtirishda qurilish-ta`mirlash ishlari bo`yicha hujjatlarga amalda bajarilmagan ishlarni qo`shib yozish orqali 573,2 mln so`m o`zlashtirish yoki rastrata qilish yo`li bilan talon-toroj qilinganligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (o`zlashtirish yoki rastrata yo`li bilan talon-toroj qilish) va 209-moddasi (mansab soxtakorligi) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.
 

    Boshqa yangiliklar