AsosiyJamiyat

Vobkent, Yangi Namangan va Mirzaobodda noqonuniy er savdosi "pishmay qoldi"...

'Vobkent, Yangi Namangan va Mirzaobodda noqonuniy er savdosi "pishmay qoldi"...'ning rasmi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Vobkent tuman bo`limi tomonidan IIB xodimlari bilan hamkorlikda o`tkazilgan tezkor tadbirda, fuqarolar A.B. va I.I. “Beklar” MFY hududidagi “Z.Ch.” xususiy korxonasiga qarashli er maydonining 15 sotixini fuqaro D.ga tanishlari yordamida uy-joy qurish uchun uning nomiga rasmiylashtirib olib berishni 16 000 AQSh dollariga kelishib, shundan 10 000 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Shu kabi, Yangi Namangan tuman bo`limi tomonidan o`tkazilgan tezkor tadbirda, fuqarolar M.A. va R.Sh. “Yangi Zamin” MFY hududidagi Namangan shahar hokimligi zaxirasida bo`lgan 5 sotix er maydonini 15 000 AQSh dollari evaziga fuqaro A.ga go`yoki yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari orqali uning nomiga rasmiylashtirib olib berishni va`da qilishib, evaziga 3 000 AQSh dollari va 22 mln so`mni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Departamentning Mirzaobod tuman bo`limi tomonidan DXX xodimlari bilan hamkorlikda o`tkazilgan tezkor tadbirda esa, fuqaro O.A. (muqaddam sudlangan) boshqa bir fuqaro R.ning ishonchiga kirib, unga tuman hududidan o`tuvchi A373 avtomagistral yo`l bo`yidan savdo do`konini qurish uchun go`yoki yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari yordamida 10 sotix er maydoni ajratib berishni va`da qilib, evaziga 50 mln so`mni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishlari qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.

    Boshqa yangiliklar