AsosiyJamiyat

Ortiqxo`jaev Toshkent shahar Jamoatchilik kengashi a`zoligiga bir qator blogerlarni taklif qildi

'Ortiqxo`jaev Toshkent shahar Jamoatchilik kengashi a`zoligiga bir qator blogerlarni taklif qildi'ning rasmi

Toshkent shahar hokimi Jahongir Ortiqxo`jaev Shahar jamoatchilik kengashi yuzasidan poytaxt deputatlari kengashiga bir qator takliflar bildirdi. Bu haqda shahar hokimligi Matbuot xizmati yozmoqda.

Xususan, hokim Jamoatchilik kengashi a`zoligiga bir qator blogerlarni taklif qildi.

"Men keng jamoatchilikka OAV vakillarini, jurnalist va blogerlarni, xususan, shahrimizdagi o`zgarishlar, poytaxtimizning flora va faunasiga befarq bo`lmagan Nikita Makarenko, Aleksandra Ivanyujenko, Saodat Abduzakirova, Abu Ali Niyozmatovlar kabi faol hamshaharlarimizni Jamoatchilik kengashi a`zoligiga taklif qilaman.

Ishonamanki, ularning bu erdagi faoliyati, fikrlari, taklif va tashabbuslari, albatta, shahrimizdagi yangilanishlar hamda o`zgarishlar jarayoniga, bizning turli soha va yo`nalishlardagi faoliyatimizga ijobiy ta`sir ko`rsatadi", – deydi Jahongir Ortiqxo`jaev.

    Boshqa yangiliklar