AsosiyJamiyat

Deputatlar Senat qaroriga qo`shilishmadi

'Deputatlar Senat qaroriga qo`shilishmadi'ning rasmi

Qonunchilik palatasi tomonidan 2022 yil 21 iyunda qabul qilingan va 2022 yil 4 avgustda Senat tomonidan rad etilgan "O`zbekiston Respublikasining Oila kodeksiga o`zgartirish kiritish to`g`risida"gi qonun loyihasini Qonunchilik palatasida qayta ko`rib chiqishdan olib tashlab, Vazirlar Mahkamasiga yuborish haqidagi masalani deputatlarning ko`pchiligi qo`llab-quvvatlamadi. Bu haqda deputat Rasul Kusherbaev xabar berdi. 

Ma`lum qilinishicha, deputatlar Senat rad etgan ushbu qonun loyihasi jamiyat uchun muhim va amaliyotda odamlarni ortiqcha sarson bo`lishini oldini oladi, deb hisoblashmoqda.

Bir qator deputatlar vakolatdan foydalanib qonun loyihasini qayta qabul qilib to`g`ridan-to`g`ri Prezidentga imzoga yuborish zarurligini bildirishmoqda.

Shu kungacha deputatlar bu vakolatdan foydalanishmagan.

Qonun loyihasida:

➖ FHDYo organi tomonidan nikoh tuzishga bir oyda ruxsat beruvchi qoidani chiqarib tashlash;

➖ ellik yoshdan oshgan nikohlanuvchi shaxslar yoki o`rtada bolasi bo`lgan nikohlanuvchi shaxslar uchun, shuningdek, homilador ayol va uning tug`ilajak bolasini o`z bolasi deb tan oluvchi shaxs uchun tibbiy ko`rikdan o`tish ixtiyoriy ekanligini belgilash ko`zda tutilgan.

“Bizningcha loyihadagi takliflar hayotiy va zarur ahamiyatga ega”, - deydi Kusherbaev

    Boshqa yangiliklar