AsosiyDunyo

Qish og`ir bo`ladi, Ukrainadagi urush cho`ziladi - Alyans bosh kotibi 

'Qish og`ir bo`ladi, Ukrainadagi urush cho`ziladi - Alyans bosh kotibi 'ning rasmi

NATO Ukraina bilan hamkorlikka sodiq qoladi. Bu haqda alyans bosh kotibi Yens Stoltenberg "Qrim platformasi" sammitidagi chiqishida ma`lum qildi, deya yozmoqda “Zamon.uz”.

"Biz Ukrainaning NATO standartlariga o`tishga yordam berdik. Qish og`ir bo`ladi, ko`ryapmizki, urush cho`ziladi. Bu sabr kurashi, logistika kurashi, shu sababli biz Ukrainani bundan buyon ham qo`llab-quvvatlashimiz kerak. Kuchli va barqaror Ukraina Evroatlantika xavfsizligi garovi. Biz Kiev bilan qancha bo`lsa, shuncha birga bo`lishga tayyormiz", — degan u.

Sammitda nutqqa chiqqan Boris Jonson 2014 yilda G`arbga Qrim anneksiyasini oldini olish uchun jasorat etishmaganini aytdi.

Avvalroq Germaniya kansleri Putin bilan uchrashuvda Ukrainani NATOga qabul qilmaslikka va`da bergani ochiqlangandi.

    Boshqa yangiliklar