AsosiySiyosat

Senat Raisi AQSh Kongressi delegasiyasini qabul qildi

'Senat Raisi AQSh Kongressi delegasiyasini qabul qildi'ning rasmi

Oliy Majlis Senati Raisi Tanzila Norboeva mamlakatimizga tashrif buyurgan AQSh Kongressidagi ”O`zbekiston bo`yicha kokus”ning hamraisi, kongressmen Trent Kelli boshchiligidagi AQSh Kongressi delegasiyasi bilan uchrashdi. Bu haqda yuqori palata matbuot xizmati xabar qildi.

Muloqotda O`zbekiston-Amerika hamkorligining bugungi holati va istiqbollari, jumladan, parlamentlararo hamkorlikni kengaytirish masalalari muhokama qilindi.

Ta`kidlanganidek, oxirgi yillarda ikki tomonlama parlamentlararo aloqalar dinamikasida sezilarli faollik kuzatilmoqda.

Bunga albatta, O`zbekiston Respublikasi Prezidentining ochiq, konstruktiv va pragmatik tashqi siyosati ko`p jihatdan turtki bo`lmoqda.

Ikki davlat parlamentlari o`rtasidagi munosabatlarning rivojlanishida «O`zbekiston-AQSh» parlamentlararo guruhi hamda AQSh Kongressidagi «O`zbekiston bo`yicha kokus»ning sa`y-harakatlari e`tirof etildi.

Uchrashuvda hamkorlikning parlamentlararo aloqalarini kengaytirish, shuningdek, demokratik islohotlarni amalga oshirish kabi sohalarda mustahkamlash masalasiga e`tibor qaratildi.

    Boshqa yangiliklar