Davlat statistika qo`mitasi ma`lumotlariga ko`ra, 2022 yilning yanvar-iyul oylarida O`zbekiston xorijga qiymati 26,6 mln. AQSh dollariga teng bo`lgan 98,1 ming tonna qovun va tarvuz eksport qilgan.
Qovun va tarvuz eksporti hajmi 2021 yilning mos davri bilan solishtirilganda 44,5 ming tonnaga oshgan.
2022 yilning 7 oyida O`zbekiston eng ko`p qovun va tarvuz eksport qilgan davlatlar:
- Qozog`iston – 47 ming tonna
- Rossiya – 23,4 ming tonna
- Qirg`iz R. – 14,4 ming tonna
- Tojikiston – 9,3 ming tonna
- Belarus – 1,9 ming tonna
2022 yilning 7 oyida xorijga eng ko`p qovun va tarvuz eksport qilgan hududlar:
- Toshkent viloyati – 23,4 ming tonna
- Farg`ona viloyati – 12,8 ming tonna
- Andijon viloyati – 11,4 ming tonna
24.08.2022 04:48
O`zbekiston qovun-tarvuz eksportidan qancha daromad qilgani aytildi






