Astronomlar guruhi koinotdagi eng katta yulduzning vazni qancha ekanini aniqladi. Bu haqda "Phys.org" xabar berdi.
Buni aniqlash uchun eng yirik "R136a1" yulduzini o`rganish boshlangan. U Katta Magellan bulutida (Somon yo`lining eng katta sun`iy yo`ldosh galaktikasi) joylashgan bo`lib, taxminan 150-200 quyosh massasiga teng. Samoviy jism Erdan taxminan 150 ming yorug`lik yili uzoqlikda joylashgan.
Kashfiyot "Gemini" observatoriyasi teleskopi yordamida amalga oshirilgan. Aynan uning yordami bilan olimlar klasterning hozirgi kungacha eng aniq tasvirlarini olgan.
Ma`lum qilinishicha, kuzatishlar natijasi hech bo`lmaganda eng katta yulduzlar massasining yuqori chegarasini aniqlashda yordam beradi. Bu, o`z navbatida, ularning shakllanish mexanizmlarini tushunish uchun hal qiluvchi ahamiyatga ega bo`lishi mumkin.






