Sobiq prezidentning uyi 9 avgust kuni tintuv qilingandi.
Sal avval Trampning uyi ogohlantirishlarsiz tintuv qilingani haqida xabar bergandik.
Ayni damda Zamon.uz' saytining e`lon qilishicha, Donald Tramp o`z qarorgohida eng kamida 300 ta maxfiy hujjat saqlagan.
Ma`lumotlarga ko`ra, 150 ta hujjatni sobiq prezident yanvarda AQSh arxiv va hujjatlar milliy boshqarmasiga bergan. Qolgan materiallar adliya vazirligiga taqdim etilgan.
"Hozirda Trampning qo`lida 26 quti hujjatlar qolgan. Ulardan 11 to`plamini maxfiy materiallar tashkil etadi, bittasi esa "o`ta maxfiy" grifi ostida saqlanadi. Hukumat ixtiyoriga qaytgan ma`lumotlar Markaziy razvedka boshqarmasi, milliy xavfsizlik agentligi va Federal qidiruv byurosiga tegishli",-deyiladi xabarda.






