AsosiySiyosat

"Yangi O`zbekistonni barpo etish yo`lidagi yana bir salmoqli, zafarli natija bo`ldi"

'"Yangi O`zbekistonni barpo etish yo`lidagi yana bir salmoqli, zafarli natija bo`ldi"'ning rasmi

Ayni damda Samarqandda bo`lib turgan O`zbekiston etakchisi Xalqaro turizm markazining ochilishiga bag`ishlangan bayram tadbirida qatnashmoqda.

Bu haqda davlat rahbari matbuot kotibi Sherzod Asadov xabar bermoqda.

"Xalqimizning aql-zakovati va fidokorona mehnati bilan bunyod etilgan ushbu majmua Yangi O`zbekistonni barpo etish yo`lidagi yana bir salmoqli, zafarli natija bo`ldi, desak, ayni haqiqatni aytgan bo`lamiz.

Qadimiy va navqiron Samarqand bag`rida qad rostlagan mana shunday zamonaviy, ulug`vor me`moriy majmua barchamizga, butun xalqimizga muborak bo`lsin, buyursin!",- deydi davlat rahbari so`zining avvalida.

Uning qayd etishicha, yiliga 2 million turistga xizmat qiladigan bu ko`p tarmoqli markaz tarkibida “Boqiy shahar” majmuasi, Kongress holl, 8 ta zamonaviy mehmonxona, amfiteatr va ko`plab boshqa ob`ektlar mavjud.  

Markaz loyihasini ishlab chiqishda tajribali me`mor va muhandislardan iborat xalqaro jamoa jalb etilgan. Turkiya, Buyuk Britaniya, Italiya kabi davlatlarning yuksak malakali injener va texnik mutaxassislari qurilish jarayonida faol ishtirok etgan.

    Boshqa yangiliklar