AsosiyJamiyat

“Ikki nafar odam halok bo`lgan”. TIV o`zbek-afg`on chegarasida sodir bo`lgan hodisa yuzasidan bayonot berdi

'“Ikki nafar odam halok bo`lgan”. TIV o`zbek-afg`on chegarasida sodir bo`lgan hodisa yuzasidan bayonot berdi'ning rasmi

O`zbekiston Tashqi ishlar vazirligi Afg`oniston bilan Davlat chegarasidagi hodisa yuzasidan rasmiy bayonot berdi. 

Ma`lum qilinigicha, Afg`oniston va O`zbekiston Respublikasi maxsus xizmatlarining vakolatli vakillari o`rtasida Davlat chegarasida vujudga kelgan vaziyat bo`yicha muzokaralar o`tkazildi.

2022 yil 21 avgustda Afg`oniston fuqarolari tomonidan O`zbekiston Davlat chegarasini noqonuniy kesib o`tish bilan bog`liq Payg`ambar oroli (Surxondaryo viloyati) hududida yuz bergan hodisa muhokama qilindi.

Uchrashuv davomida har ikki tomondan ham mazkur hududda taranglikni yuzaga keltirgan ayrim qoidabuzarliklarga yo`l qo`yilgani qayd etildi. Hozirgi paytda hodisa yuzasidan puxta tekshiruvlar o`tkazmoqda.

O`zbekiston Respublikasi ikki nafar halok bo`lganlarning oilalariga ta`ziya bildiradi, olti nafar yaralanganlarga barcha zarur tibbiy yordam ko`rsatilmoqda, ushlangan shaxslarni o`z vataniga qaytarishga tayyorlash jarayonlari yakunlanmoqda.

Har ikki tomon tinchlik tarafdori ekanligini, barcha masalalar o`zaro manfaatlarni hisobga olish va bir-biriga hurmat asosida hal etilishini tasdiqladilar.

 


 

Telegram | YouTube

    Boshqa yangiliklar