AsosiyJamiyat

Sirdaryolik tadbirkorlarga 3,6 mlrd so`mlik asossiz hisoblangan soliq va moliyaviy jarimalar bekor qilindi

'Sirdaryolik tadbirkorlarga 3,6 mlrd so`mlik asossiz hisoblangan soliq va moliyaviy jarimalar bekor qilindi'ning rasmi

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik sub`ektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo`yicha vakil (Biznes-ombudsman) devoni Sirdaryo viloyati xodimlari tomonidan joriy yilning o`tgan davrida tadbirkorlik sub`ektlarining 320 ta murojaatlari ko`rib chiqildi. Bu haqda Darakchi.uz ga Biznes-ombudsmanning Sirdaryo viloyatidagi bosh inspektori N.Namozov ma`lum qildi. 

Murojaatlarning salmoqli qismi er va bino ajratish, kreditlash, soliqqa doir munosabatlar va tekshiruvlar qonuniyligi, infratuzilmani yaxshilash hamda etkazilgan zarar bo`yicha tovon pulini undirish bilan bog`liq bo`lib, 180 tasi to`liq qanoatlantirilib, 140 tasi bo`yicha huquqiy tushuntirishlar berildi.

Murojaatlar asosida qo`llanilgan ta`sir choralari natijasida noqonuniy olib qo`yilgan 425,2 ga er maydonlari qaytarildi, davlat organlaridan 3,8 mlrd so`mlik kompensasiya va boshqa to`lovlar undirilishi belgilandi, 5,7 mlrd so`mlik soliq imtiyozlari qo`llanilishi ta`minlandi, 3,6 mlrd so`mlik asossiz hisoblangan soliq va moliyaviy jarimalar bekor qilindi hamda 6,7 mlrd so`mlik qo`shilgan qiymat solig`i qoplab berilishiga erishildi.

Tadbirkorlik sub`ektlarining manfaatlarida 15 marotaba sud majlislarida ishtirok etilib, ularning huquqlari va qonuniy manfaatlari himoya qiligan bo`lsa, ularning huquqlari buzilishiga yo`l qo`ygan nazorat organlarining 66 nafar mansabdor shaxslariga nisbatan ma`muriy huquqbuzarlik bayonnomalari rasmiylashtirilib, 240 mln so`mdan ortiq ma`muriy jarimalar qo`llanildi.

Shuningdek, tadbirkorlik sub`ektlari o`rtasida qonunchilikdagi yangiliklarni mohiyatini tushuntirish, ularning huquq va erkinliklari borasida keng targ`ibot ishlarini olib borish yuzasidan 40 ga yaqin uchrashuvlar, seminarlar va muhokamalar olib borildi hamda ushbu tadbirlar ommaviy axborot vositalarida yoritib borildi.

 

    Boshqa yangiliklar