AsosiyJamiyat

Qashqadaryo viloyati va Toshkent shahrida er maydonlarini olib berishni va`da qilgan firibgarlar ushlandi

'Qashqadaryo viloyati va Toshkent shahrida er maydonlarini olib berishni va`da qilgan firibgarlar ushlandi'ning rasmi

Bosh prokuratura huzuridagi Departament hamda IIVning Qashqadaryo viloyati boshqarmalari tomonidan tadbirkorlik sub`ektlarining huquqlarini himoya qilish yuzasidan o`tkazilgan tezkor tadbirda, Qashqadaryo viloyati va Toshkent shahrida er maydonlarini olib berishni va`da qilgan firibgarlar ushlandi. Bu haqda Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.

“K-K.” MChJ rahbari U.M. va boshqalar “F.B.” MChJga qarashli 3 gektar er maydonini tanishlari orqali hokimiyat zaxirasiga qaytarib, keyinchalik 10 nafar fuqaroga 30 sotixdan dehqon xo`jaligi uchun olib berish evaziga fuqaro J.A.dan 15 000 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlanganlar.

Shu kabi, Departament hamda DXXning Toshkent shahar boshqarmalari tomonidan o`tkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro X.A. fuqaro A.ning ishonchiga kirib, unga yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari yordamida Xorazm viloyati, Gurlan tumani “Olg`a” qishlog`ida bo`sh turgan 1,17 gektar er maydonini onlayn auksion orqali olib berish evaziga 22 500 AQSh dollarini qo`lga kiritib, yana 8 000 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishlari qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.

    Boshqa yangiliklar