AsosiyJamiyat

Tadbirkorlarning faoliyatiga to`sqinlik qiluvchi sanitariya-gigiena bilan bog`liq ayrim talablar bekor qilindi

'Tadbirkorlarning faoliyatiga to`sqinlik qiluvchi sanitariya-gigiena bilan bog`liq ayrim talablar bekor qilindi'ning rasmi

Sanitariya-epidemiologiya xizmati tomonidan ishlab chiqilgan yangi tahrirdagi “Umumiy ovqatlanish korxonalariga qo`yiladigan sanitariya-gigiena talablari” (0027-22-son SanQvaN) Adliya vazirligi tomonidan hisobga olindi (19.08.2022-yil, 104-son). Bu haqda vazirlikning Jamoatchilik bilan aloqalar bo`limi xabar berdi.

Ushbu yangi talablar bilan tadbirkorlik subektlarining faoliyatiga to`sqinlik qiluvchi ayrim talablar (umumiy ovqatlanish korxonalarida suv ta`minoti bo`lmaganda korxona faoliyatini to`xtatishi kerakligi, ovqat tayyorlashda ko`mir va o`tin kabi yoqilg`ilarda foydalanish taqiqlanishi kabilar) bekor qilindi.

Yangi tahrirdagi hujjat bilan quyidagi sanitariya-gigiena talablari belgilandi:

  • umumiy ovqatlanish korxonalarida ichimlik suvi bilan ta`minlash markazlashtirilgan suv ta`minoti tizimiga ulanish yo`li bilan amalga oshirilishi;
  • markazlashtirilgan suv ta`minoti tizimi mavjud bo`lmagan taqdirda, ichki suv ta`minoti tizimi artezian qudug`idan, boshqa quduqlardan yoki kaptajlardan foydalangan holda tashkil etilishi mumkinligi;  
  • chiqindi yig`ish maydonchasini belgilangan masofada joylashtirish imkoni bo`lmaganda, chiqindilar korxonalarning sovitish tizimi, yuvish va dezinfeksiyalash imkoni bo`lgan alohida xonasida saqlanishiga yo`l qo`yilishi kabi.

 

Shuningdek, umumiy ovqatlanish korxonalarida quyidagilarni amalga oshirishga ruxsat etilmasligi belgilandi:  

  •  texnologik jarayon talablariga rioya qilishni ta`minlash imkoniyati mavjud bo`lmaganda mahsulot tayyorlash;  
  • yaroqlilik muddati o`tgan, sifasiz yoki sifati bo`yicha shubhali, buzilish belgilari bo`lgan mahsulotlardan foydalanish;
  • germetik idishlarda sabzavotli, go`shtli, baliqli, qo`ziqorinli konservalar tayyorlash;  
  • quritilgan va dudlangan baliq tayyorlash va quritilgan qo`ziqorinlar tayyorlash.

 

Shu bilan birga, ishlab chiqarish jarayonida bevosita ishtirok etuvchi xodimlar tomonidan ish boshlashdan oldin quyidagilar amalga oshirilishi shart:

  • zargarlik buyumlari, soatlar echilishi;
  • sochlarni ro`mol yoki qalpoq ostiga yig`ilishi;
  •  toza sanitariya kiyimlari kiyilishi;
  • qo`llar iliq suvda sovun bilan yuvilishi va dezinfeksiyalovchi vositalar bilan ishlov berilishi, tirnoqlar olingan va lak surilmagan bo`lishi kerak.

 

    Boshqa yangiliklar