AsosiySiyosat

Shavkat Mirziyoev Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliev bilan telefon orqali muloqot qildi

'Shavkat Mirziyoev Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliev bilan telefon orqali muloqot qildi'ning rasmi

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev 23 avgust kuni Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliev bilan telefon orqali muloqot qildi.

Ikki mamlakat o`rtasidagi o`zaro manfaatli hamkorlikni yanada rivojlantirish va strategik sheriklik munosabatlarini mustahkamlash masalalari ko`rib chiqildi.

Joriy yil iyun oyida o`tkazilgan oliy darajadagi uchrashuvlar yakunida erishilgan kelishuvlarni amalga oshirishdagi sezilarli yutuqlar mamnuniyat bilan qayd etdi.

Avgust oyi boshida qo`shma Hukumatlararo komissiyaning navbatdagi yig`ilishi hamda O`zbekiston, Ozarbayjon va Turkiya tashqi ishlar, transport va savdo vazirlarining birinchi uchrashuvi samarali o`tkazildi.

Joriy yilda o`zaro tovar ayirboshlash 70 foizga oshdi. Qishloq xo`jaligi, ipakchilik va to`qimachilik sanoati, mashinasozlik, kimyo va boshqa tarmoqlarda qo`shma kooperasiya loyihalarini amalga oshirish boshlandi. O`zbekiston-Ozarbayjon investisiya fondini tez fursatda ishga tushirish ishlari olib borilmoqda. Madaniy-gumanitar almashinuv kengaymoqda.

Davlat rahbarlari amaliy hamkorlikni yanada rivojlantirish lozim ekanini ta`kidladilar. Shu ma`noda, kelgusi kuzda ikki mamlakat hududlari forumi va sanoat salohiyati ko`rgazmasini o`tkazish muhimligi qayd etildi.

Mintaqaviy kun tartibi yuzasidan ham fikr almashildi. Bo`lajak ko`p tomonlama uchrashuvlar, shu jumladan Samarqand shahridagi Shanxay hamkorlik tashkiloti va Turkiy davlatlar tashkiloti sammitlarining rejasi va kun tartibi ko`rib chiqildi.

O`zbekiston va Ozarbayjon Prezidentlarining telefon orqali muloqoti har doimgidek ochiq, samimiy va do`stona ruhda o`tdi.

    Boshqa yangiliklar