AsosiyJamiyat

Endilikda ayrim asar nusxalari Yagona bazada saqlanadi

'Endilikda ayrim asar nusxalari Yagona bazada saqlanadi'ning rasmi

2023 yil 1 apreldan boshlab mualliflik huquqi ob`ektlarining elektron nazorat nusxalari majburiy tartibda Yagona bazada saqlanadi.

Unga ko`ra, mualliflik huquqi ob`ektlarining yagona bazasini yuritish, texnik ta`minlash hamda mualliflik huquqi ob`ektlarining elektron nazorat nusxalarini bazaga kiritish Intellektual mulk markazi tomonidan muvofiqlashtirilishi belgilab qo`yildi.

Ob`ektning elektron nazorat nusxalari depozitariylar tomonidan joylashtiriladi.

Yagona ma`lumotlar bazasida quyidagilar saqlanishi ma`lum bo`ldi:

–     adabiy, drama va ssenariy asarlar;

–     matnli yoki matnsiz musiqiy asarlar;

–     xoreografiya asarlari va pantomimalar;

–     audiovizual va fotografiya asarlar;

–  rangtasvir, haykaltaroshlik, grafika, dizayn ishi va boshqa tasviriy san`at asarlari;

–     barcha turdagi elektron hisoblash mashinalari uchun dasturlar.

Mualliflik huquqi ob`ektining elektron nazorat nusxalari Yagona bazada muddatsiz saqlanadi.
 

    Boshqa yangiliklar