AsosiyJamiyat

Og`zini tikib, ochlik e`lon qilgan toshkentlik yigitga chora ko`rildi

'Og`zini tikib, ochlik e`lon qilgan toshkentlik yigitga chora ko`rildi'ning rasmi

Ma`lumotga ko`ra, 20 avgust kuni Yangiyo`l tumanida yashovchi fuqaro ust kiyimlarini echib, xonadon tomiga chiqqan va o`zini pastga tashlashini aytib, baqirib atrofdagilarni yig`gan.  

Ushbu voqea joyiga etib borgan hududiy IIB xodimlari fuqaroni tinchlantirish va undan nima maqsadda bu ishni qilayotgani so`rab, barchasini qonuniy tartibda hal etilishini bildirgan vaqtlarida, fuqaro IIO xodimlari va atrofdagi shaxslarni turli kurakda turmas so`zlar bilan haqoratlagan.

Baland ovozda so`kinib, jamiyatda yurish turish qoidalarini qasddan mensimasdan ushbu harakatlarini davom ettirgan.

"Holat yuzasidan shu kuni JIB Yangiyo`l tuman sudida o`tkazilgan ochiq sud majlisida fuqaro S.T. O`zbekiston Respublikasi MJtKning 183 va 194 moddalarida ko`rsatilgan huquqbuzarlikni sodir qilganlikda aybli deb topilib, unga nisbatan 10 sutka ma`muriy qamoq jazosi tayinlandi",-deyiladi IIB xabarida.

Fuqaroning sudda qayd etishicha, o`zini tomdan tashlashiga noma`lum bir ayol (bloger)ning kelib unga: "Shantaj qilib masalangni hal qilib yuribsan-mi?",-degan so`zlari turtki bo`lgan. 

Ma`lumot berilishicha, ushbu shaxs muqaddam jinoyat kodeksining 169 va 105 moddalarida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganligi uchun sudlanib, tegishli tartibda chora ko`rilgan.

    Boshqa yangiliklar