Vazirlar Mahkamasining taklifiga binoan Namangan viloyatining To`raqo`rg`on tumani va Namangan shahri Davlatobod tumanining, shuningdek Namangan shahrining chegaralari o`zgartirilmoqda.
Unga ko`ra, Namangan viloyatining To`raqo`rg`on tumanidan 472,2 gektar er maydoni Namangan shahrining Davlatobod tumani tarkibiga o`tkaziladi.
Deputat Rasul Kusherbaevning ma`lum qilishicha, mazkur masala deputatlar tomonidan Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisida ko`rib chiqilishi belgilangan.
Eslatib o`tamiz, sal avval Farg`ona viloyatining tuman va shaharlari chegaralari o`zgartirilayotganini xabar bergandik.






