Davlat rahbarining mamlakat tadbirkorlari bilan ochiq muloqoti davomida aytilgan barcha takliflarni amalga oshirish uchun Prezident huzurida Tadbirkorlikni qo`llab-quvvatlash bo`yicha Jamoatchilik kengashi tuzilishi qayd etildi.
Prezident Administrasiyasi rahbariga ikki hafta muddatda ushbu kengash ishini tashkil qilish topshirildi.
Prezidentimiz so`zini yakunlab, ayni paytda tadbirkorlar bilan fikr almashmoqda, ularning taklif va tashabbuslarini tinglamoqda.






