AsosiySiyosat

O`zbekiston Prezidenti AQSh delegasiyasini qabul qildi

'O`zbekiston Prezidenti  AQSh delegasiyasini qabul qildi'ning rasmi

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev bugun kongressmenlar Trent Kelli va Derin Laxud ishtirokidagi AQSh delegasiyasini qabul qildi. Bu haqda davlat rahbarining Matbuot kotibi xabar berdi. 

O`zbekiston bilan AQSh o`rtasidagi strategik sheriklik munosabatlarini yanada rivojlantirish va ko`p qirrali hamkorlikni kengaytirish masalalari ko`rib chiqildi.

Parlamentlar o`rtasida faol almashinuvlarni hamda kongressmenlar vakillik qilayotgan Missisipi va Illinoys shtatlari bilan amaliy hamkorlikni davom ettirishga alohida e`tibor qaratildi.

Eslatib o`tamiz, AQSh Kongressi delegasiyasi O`zbekiston - Amerika hamkorligining bugungi holati va istiqbollarini, jumladan, parlamentlararo hamkorlikni kengaytirish masalalarini muhokama qilish uchun O`zbekistonga kelgan edi.

Bugun, 22 avgust kuni Tashqi ishlar vaziri v.b. Vladimir Norov kongressmenlar Trent Kelli va Darin Lahuddan iborat Amerika Qo`shma Shtatlari Kongressi Vakillar palatasi delegasiyasini qabul qildi.

    Boshqa yangiliklar